Reddit operatsion direktori AI davrida sodiq foydalanuvchilarni ustunlik deb atadi
Reddit operatsion direktori Jen Vong yil boshidan aksiyalar 62 foizga tushgan bir paytda sodiq foydalanuvchilar va mustaqil moderatorlar platformaga AI davridan oʻtishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Material manbasi · Newsday

Intervyuda Vong Reddit qidiruv tizimlaridan ajralmoqchi emasligini aytdi. Uningcha, ular bilan munosabatlar hamkorlikning boshqa shakliga oʻtishi kerak. Avvalroq Reddit rahbariyati qidiruvdan keladigan oʻtishlar kamayishini Googleʼning AI Overviews va AI Mode funksiyalari bilan bogʻlagan.
Vongga koʻra, foydalanuvchilar sodiqligi platformaning kuchli tomoni. Foydalanishning birinchi yilida ular Redditʼda kuniga taxminan 5 daqiqa, beshinchi yilida esa 40 daqiqa vaqt oʻtkazadi. Hayotidagi oʻzgarishlar ortidan yangi mavzuli hamjamiyatlarga ham asta-sekin qoʻshiladi.
Noyabr boshida Reddit turli hamjamiyatlardagi mahsulot sharhlarini yigʻib, umumiy baho beruvchi Reddit Reviews xizmatini ishga tushirdi.
Yana bir muammo — moderatorlar. Redditʼda 100 000 dan ortiq hamjamiyat bor, tartibni esa kompaniya xodimi boʻlmagan koʻngillilar saqlaydi. Vong ularning mustaqillikni qadrlashi va hatto haq toʻlansa ham kompaniya shtatiga oʻtishni istamasligini ehtimoli past deb hisoblaydi.
Unga koʻra, Reddit soʻnggi yillarda moderatorlar vositalarini yaxshiladi va takroriy ishlarni kamaytirish uchun AIʼdan foydalanmoqda. Vong platformani AIʼga tobora koʻproq tayanayotgan internet uchun foydalanuvchilarning yangi baholari va tajribasining muhim manbai deb atadi.
