Toshkentda Kurchatov instituti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda
Oʻzbekiston hukumati 2026-yil 25-noyabrda Toshkentda Rossiyaning «Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazi filialini tashkil etishga qaror qildi. Filial tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi.
Material manbasi · Chronicle

Filial materialshunoslik, atom energetikasi, bioiqtisodiyot, yadro tibbiyoti va radiologiya, shuningdek, kvant texnologiyalari sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiradi. Biotexnologiyalar va genom texnologiyalari boʻyicha qoʻshma loyihalarni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi hamda Ilgʻor texnologiyalar markazi bilan birgalikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Filial negizida yadro texnologiyalari, kvant fizikasi va radiobiologiya boʻyicha ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan. Talabalar, doktorantlar va yosh olimlar uchun bosh tashkilotning Rossiyadagi laboratoriyalarida qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar tashkil etiladi. Har yili ularda kamida 10 kishi qatnashishi kerak.
Bundan tashqari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun oʻzbekistonlik hamda xorijlik olimlar ishtirokidagi qoʻshma ilmiy rahbarlik joriy etiladi.
