Markaziy oʻyinchi Vladislav Goldin NBA Rivojlanish ligasining eng samarali oʻyinchilari reytingida peshqadam boʻldi
«Mayami Hit» markaziy oʻyinchisi Vladislav Goldin 32,6 ball koʻrsatkich bilan G-liga samaradorlik reytingida birinchi oʻrinni egalladi.
Material manbasi · Newsday

Joriy mavsumda 25 yoshli Goldin «Mayami Hit»ning farm-klubi — «Su-Fols Skayfors» safida oʻynamoqda. U yetti uchrashuvda oʻrtacha 25,0 ochko toʻplab, 10,3 ta ribaund qayd etmoqda, 2,3 ta samarali uzatma bermoqda va har bir oʻyinda 2,6 ta blok-shot bajarmoqda. Uning maydondan turib tashlashlardagi aniqligi 65,7 foizni tashkil etadi.
26 noyabrga oʻtar kechasi «Su-Fols» «Klivlend Chardj»ga 125:130 hisobida yutqazdi. Goldin oʻz hisobiga 23 ochko, toʻqqizta ribaund va bitta samarali uzatma yozdirdi. Bu magʻlubiyat jamoaning joriy mavsumdagi ilk magʻlubiyati boʻlib, uning ketma-ket oltita gʻalabadan iborat seriyasiga nuqta qoʻydi.
