Dyubua Manchesterda Parkerga qarshi titulini himoya qiladi
WBO chempioni Daniyel Dyubua 2027-yil 30-yanvar kuni Manchester shahridagi Co-op Live arenasida sobiq chempion Jozef Parkerga qarshi titulini ikkinchi bor himoya qiladi.
Material manbasi · Overtimes

Bu Parkerning avgustda doping ishi boʻyicha vaqtinchalik chetlatilishi bekor qilinganidan keyingi ilk jangi boʻladi. Bokschilar dastlab 2025-yil fevralida jang qilishi kerak edi, biroq Dyubua jang haftasida kasalligi sabab chekingan.
Parker 2025-yil oktabrdagi soʻnggi jangida Fabio Uordliga yutqazdi. 29 yoshli Dyubua esa oktabrda ayni raqibini magʻlub etib, ikki karra jahon chempioniga aylandi. U bundan avval, 2024-yilda, «Uembli» stadionida Entoni Joshuani nokautga uchratgan.
Parker 2016-yilda WBO titulini qoʻlga kiritgan, 2018-yilda esa professional faoliyatidagi ilk magʻlubiyatini Joshuadan qabul qilgan. Yangi zelandiyalik bokschi Deontey Uaylder, Chjiley Chjan va Martin Bakoleni, Derek Chisorani esa ikki marta magʻlub etgan.
«Bu hamma koʻrishni istagan jang», — dedi promouter Frenk Uorren. Uning aytishicha, Parker yana jahon chempioni boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi.
