Musiala chap son mushaklari yirtilgani sababli 6 haftagacha safdan chiqadi
«Bavariya» vingeri Jamal Musiala Bundesliganing «Kyoln»ga qarshi uchrashuvida (1:1) chap son mushaklarini yirtib oldi va olti haftagacha maydonga tusha olmaydi.
Material manbasi · Newsroom

Nemis futbolchisi 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va noqulaylikni final hushtagi yangraganidan keyingina sezdi. Tekshiruv mushaklar yirtilganini koʻrsatdi. Prognozlarga koʻra, uning tiklanishi toʻrt haftadan olti haftagacha davom etadi.
Bu Musialaning joriy yilgi ilk sogʻliq muammosi emas. Yozda u oʻyinlar vaqtida ikki marta hushini yoʻqotdi. Shifokorlar unda nevrologik buzilish sabab yuzaga kelgan absans xurujlarini aniqladi va ularni davolash mumkin, deb hisoblashdi. Noyabr oyida xuruj yana takrorlandi. Shundan soʻng myunxenlik klubning ayrim rahbarlari futbolchi avvalgi darajasiga qaytishiga ochiqchasiga shubha bildirdi. Ular muammolar qatorida Musialaning yuqori maoshi va uni sotishdagi ehtimoliy qiyinchiliklarni ham tilga oldi.
