Emiliya Zingas va Vadim Kolesnik Yaponiyadagi ISU Gran-prisi bosqichida ritm-raqsida gʻalaba qozondi
Bu ISU seriyasining oltinchi turniri. Juftlik chiqishi uchun 83,16 ball oldi va erkin dastur oldidan eng yaqin raqiblaridan ikki balldan koʻproq oldinda bormoqda.
Material manbasi · Overtimes

Liderlarga eng yaqin natijani AQShning yana bir vakillari Karreyra va Ponomarenko qayd etdi — ular 80,82 ball toʻpladi. Uchinchi oʻrinda 77,01 ball jamgʻargan finlyandiyalik Turkkila — Versluis juftligi bormoqda. Ispaniyalik Smart va Dik finlyandiyaliklardan 1,3 ball ortda qolmoqda, shohsupaga chiqish uchun ularga shu miqdor yetishmayapti (75,71).
Jadvalning oʻrta qismidan yana bir fin juftligi — Orihara va Pirinen (71,93), shuningdek, kanadaliklar Lajua va Beyker (70,57) joy oldi. Mezbonlar hozircha taassurot qoldirmayapti: Kusida va Shimada 63,77 ball bilan yettinchi oʻrinda bormoqda, Kihira va Nishiyama esa 62,71 ball bilan protokolning oxirida turibdi.
Chofuda ishtirok etishi eʼlon qilingan duetlarning barchasi qatnashmadi: fransiyalik Demujo va Le Mersye, shuningdek, yaponiyalik Yoshida va Morita turnirda qatnashishdan qaytdi.
