«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Oilaviy komediyaning uchinchi qismida quloqdor qahramon ota-onasi, bobosi va akasi bilan uchrashadi. Hikoyaning davomi 2027-yil boshida namoyish etiladi.
Material manbasi · YangiLeaks

«Cheburashka 3» filmi ijodkorlari kartinaning ilk toʻliq treylerini taqdim etdi. Bu safar bosh qahramonning odatiy hayoti oʻzi Gena bilan yashaydigan dengiz boʻyidagi shaharga qarindoshlari kutilmaganda kelib qolganidan soʻng oʻzgaradi.
Cheburashka ota-onasi, bobosi va akasini insonlar olami bilan tanishtirib, ularga yangi sharoitga moslashishda yordam berishi kerak boʻladi. Katta oila bilan uchrashuv qahramonlarga nafaqat quvnoq sarguzashtlar, balki murakkab vaziyatlarni ham olib keladi.
Oʻzgarishlar Genaga ham taʼsir qiladi. Cheburashkaning qarindoshlari paydo boʻlishi uni Rimma bilan munosabatlariga yangicha qarashga majbur etadi.
