FIFA kiberhujumda shaxsiy va biznes maʼlumotlari oʻgʻirlanganini bildirdi
FIFA shaxsiy va biznesga oid cheklangan hajmdagi maʼlumotlarga ruxsatsiz kirilgan kiberhujumni tasdiqladi. FIFA Forward Enterprise maʼlumotlari zarar koʻrmadi.
Material manbasi · Stair

FIFA jinoiy kiberhujum qurboni boʻlganini tasdiqladi. Tashkilot axborot, ayniqsa shaxsiy maʼlumotlarning noqonuniy olinishi va eʼlon qilinishini qoralab, buni shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining jiddiy buzilishi deb atadi.
FIFA qancha odam yoki tashkilot zarar koʻrgan boʻlishi mumkinligi, hujum qachon sodir boʻlgani va aynan qaysi biznes maʼlumotlari taʼsir koʻrganini maʼlum qilmadi. Shuningdek, maʼlumotlar internetda paydo boʻlgan-boʻlmagani va aynan qayerda joylashtirilgani ham aytilmadi.
Handsome Boy Hacking Club guruhi avvalroq X platformasida FIFA fayllari deb atagan skrinshotni joylashtirgan edi. Keyin ichki hujjatlarning 12 gigabaytdan ortigʻi goʻyoki sizdirilgani haqidagi xabardan soʻng, hujumga aloqadorligini bildirdi. Vaziyatdan xabardor shaxsning aytishicha, tashkilot tasarrufidagi barcha maʼlumotlarning 0,1 foizidan kam qismi taʼsir koʻrgan.
FIFA manbasi hujumchilar tizimdagi nosozlik yoki texnik xato tufayli emas, oʻzlarini xodimlar sifatida koʻrsatib, maʼlumotlarga kirganini bildirdi. Taʼkidlanishicha, yopiq FIFA Forward Enterprise loyihasi fayllariga kirilmagan.
