Fon der Lyayen Rossiya bilan muzokaralar uchun Yevropa Ittifoqi shartlarini maʼlum qildi
Yevropa Ittifoqi Moskva bilan muzokaralarni butun qish davomida energetika infratuzilmasiga beriladigan zarbalarni toʻxtatish va Qora dengizda kemalarning xavfsiz oʻtishini taʼminlash sharti bilan muhokama qilishga tayyor.
Material manbasi · Republish

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Bryussel Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyor boʻlgan dastlabki shartlarni maʼlum qildi. U tegishli bayonotni 25-noyabr kuni Strasburgda boʻlib oʻtgan Yevroparlament sessiyasida berdi.
Fon der Lyayenning soʻzlariga koʻra, gap energetika infratuzilmasiga nisbatan «qishki sulh» oʻrnatish, shuningdek, Qora dengizda kemalarning xavfsiz harakatlanishini kafolatlaydigan yangi kelishuv tuzish haqida bormoqda. Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqi Ukraina boʻyicha muzokaralarning navbatdagi raundida ham ishtirok etmoqchi ekanini aytdi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining yakuniy kelishilgan muzokara pozitsiyasi hozircha mavjud emas. 13-noyabr kuni Bryusselda oʻtgan sammitda ittifoq yetakchilari umumiy muzokarachini belgilay olmadi. Buning oʻrniga ular texnik darajada Yevropa Ittifoqi fon der Lyayen apparati rahbari Byorn Zaybert boshchiligidagi yetti kishidan iborat guruh tomonidan vakillik qilinishi mumkinligiga kelishib oldi. Guruh tarkibiga Yevrokomissiya, Yevropa kengashi, Germaniya, Fransiya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya vakillari kirishi kerak.
