Alkaras Devis kubogi chorak finalini oʻtkazib yuborishi mumkin
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaras sonining orqa mushagi jarohati sabab Avstriyaga qarshi Ispaniya safida oʻynamasligi mumkin. Tennischi seshanba kuni mashgʻulot oʻtkazmadi.
Material manbasi · Overtimes

Alkaras Bolonyaga yetib keldi. Bu yerda 24–29 noyabr kunlari Devis kubogi Final 8 bosqichi oʻtkazilmoqda, biroq ispaniyalik seshanba kuni terma jamoa mashgʻulotida qatnashmadi. Ispaniya payshanba kuni chorak finalda Avstriyaga qarshi oʻynaydi.
Ispaniyalik tennischi yakkalik bahslarida Katta dubulgʻaning barcha turnirlarida gʻolib chiqqan, ammo hozircha Devis kubogini qoʻlga kiritmagan. Turnirning ilk yarim finalchisi Kanada ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Chexiya boʻldi. Boshqa chorak finallarda Italiya Janubiy Koreyaga, Buyuk Britaniya esa Germaniyaga qarshi oʻynaydi.
