Investitsiyalar vazirligining sobiq xodimi Urganch hokimi boʻldi
Murod Davletov Urganch hokimi etib tasdiqlandi. Qaror xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilindi.
Material manbasi · Newsweek

Tayinlov haqida Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bungacha Davletov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Hududlarni rivojlantirish departamenti boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan.
