Duran Duran guruhining sobiq gitarachisi Endi Teylor vafot etdi
Musiqachi 23 noyabr kuni uzoq vaqt davom etgan onkologik kasallik bilan kurashganidan soʻng 65 yoshida vafot etdi.
Material manbasi · wknd

Britaniyalik musiqachi, Duran Duran guruhining sobiq gitarachisi Endi Teylor 23 noyabr kuni 65 yoshida vafot etdi. Uning oʻlimiga uzoq vaqt davomida kurashib kelgan prostata bezi saratoni sabab boʻlgan.
Teylor Duran Duran guruhiga 1980 yilda qoʻshilgan va 1980-yillarda Britaniyaning eng mashhur guruhlaridan biriga aylangan jamoaning shakllanishida ishtirok etgan. 1985 yilda gitarachi guruhning asosiy tarkibini tark etgan, biroq keyinchalik musiqachilar bilan yana hamkorlik qilgan va yana ikkita albom yozilishida ishtirok etgan.
Uning Duran Duran tarixidagi hissasi guruh xalqaro miqyosda eng katta muvaffaqiyatga erishgan davr bilan bogʻliq.
