Kim Chen In KXDRning yadro salohiyatini oshirish haqida gapirdi
KXDR rahbari yadro materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, arsenaldagi qurollarni miqdoriy va sifat jihatdan oshirish rejalari haqida maʼlum qildi, deb xabar berdi Koreya markaziy telegraf agentligi (KTMA).
Material manbasi · Herald

Shimoliy Koreya rahbari yadro materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda yadro qurollarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. U 25 noyabrdagi tashrif davomida obyektlar faoliyati natijalari bilan tanishdi va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga chaqirdi.
Shimoliy Koreya davlat agentligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat rahbari yadro materiallari ishlab chiqarish muntazam ravishda oshib borayotganini taʼkidladi. Shuningdek, turli harbiy vazifalarni bajarish uchun taktik yadro qurollaridan kengroq foydalanish zarurligini aytdi.
Kim Chen In KXDRning yadro davlati maqomini «mutlaqo daxlsiz» deb atadi.
