Disney «Avatar 4» va «Avatar 5» yaratilishini tasdiqladi — filmlar chiqadi
Disney «Avatar 4» va «Avatar 5»ni chiqarish rejalarini tasdiqladi: toʻrtinchi qism suratga olish 2027-yilda boshlanadi, premyeralar esa 2029-yil 21-dekabr va 2031-yil 19-dekabrga belgilangan.
Material manbasi · Globo

Davom filmlari ustidagi ishlar allaqachon boshlangan. Yosh aktyorlar ishtirokidagi sahnalarning bir qismi bir necha yil avval suratga olingan, «Avatar 4»ning toʻliq ishlab chiqarishi esa 2027-yilda boshlanishi kerak. Shundan soʻng Jeyms Kemeron saga yakuniy qismiga kirishadi.
Rejaga koʻra, toʻrtinchi film voqealari qisman ahvoli nihoyatda ayanchli boʻlgan kelajakdagi Yerda kechishi mumkin. «Avatar 5» mazmuni hozircha oshkor qilinmagan. Shu bilan birga, taʼkidlanishicha, Kemeron butun saga ssenariysini ancha oldin tayyorlab qoʻygan. Avvalroq rejissyor franshizani davom ettirish masalasida uning kassadagi tushumlari pasaygani fonida ikkilangan edi.
