SpaceX amerikaliklarning yangi avlodi bilan aksiyalarini boʻlishadi: har bir bola kompaniyadan ulush oladi
SpaceX amaldagi har bir «Tramp hisobi»ga — soliq imtiyozlariga ega bolalar hisobiga — bittadan yangi aksiya berishni rejalashtirmoqda
Material manbasi · finactive

SpaceX amaldagi har bir «Tramp hisobi»ga — soliq imtiyozlariga ega uzoq muddatli jamgʻarmalarni shakllantirishga yordam beradigan bolalar investitsiya hisobiga — bittadan yangi aksiya berishni rejalashtirmoqda.
Bu tashabbus SpaceX rahbari Ilon Maskning AQShdagi har bir bolaga bittadan aksiya berish haqidagi vaʼdasi bilan bogʻliq. U, shuningdek, kompaniya hadya qiladigan aksiyalar sonicha aksiyani shaxsan oʻzi berishni ham rejalashtirmoqda. SpaceX prezidenti va operatsion direktori Gvin Shotvell esa alohida ravishda oʻziga tegishli 2 mln.dan ortiq aksiyani berish niyatini bildirdi.
Kompaniya aksiyalarni berish hozircha faqat rejalashtirilayotganini taʼkidlamoqda. Uni amalga oshirish davlat organlari va boshqa uchinchi tomonlar bilan kelishuvlarga bogʻliq, muddatlar hamda shartlar esa oʻzgarishi mumkin. SpaceX A toifasidagi oddiy aksiyalar koʻrinishidagi boʻlajak badallar haqidagi maʼlumotlarni xatarlar va noaniqliklar bilan bogʻliq istiqbolga oid bayonotlar qatoriga kiritdi.
