SpaceX aksiyalarini amerikaliklarning yangi avlodi bilan boʻlishadi: har bir bola kompaniyadan ulush oladi
SpaceX amaldagi har bir «Tramp hisobi»ga bittadan yangi aksiya berishni rejalashtirmoqda — bu soliq imtiyozlariga ega bolalar hisobidir
Material manbasi · economixxx

SpaceX amaldagi har bir «Tramp hisobi»ga bittadan yangi aksiya berishni rejalashtirmoqda. Bu soliq imtiyozlariga ega boʻlgan va uzoq muddatli jamgʻarmalarni shakllantirishga yordam beradigan bolalar investitsiya hisobidir.
Tashabbus SpaceX rahbari Ilon Maskning AQShdagi har bir bolaga bittadan aksiya berish haqidagi vaʼdasi bilan bogʻliq. U, shuningdek, kompaniya hadya qiladigan aksiyalar sonicha aksiyani shaxsan oʻzi berishni ham rejalashtirmoqda. SpaceX prezidenti va operatsion direktori Gvinn Shotuell esa alohida ravishda oʻzining 2 mln donadan ortiq aksiyasini berish niyatini bildirdi.
Kompaniya aksiyalarni berish hozircha faqat rejalashtirilayotganini taʼkidlamoqda. Jarayon davlat organlari va boshqa uchinchi tomonlar bilan kelishuvlarga bogʻliq boʻlib, muddatlar hamda shartlar oʻzgarishi mumkin. SpaceX A toifasidagi oddiy aksiyalar koʻrinishidagi boʻlajak badallar haqidagi maʼlumotlarni xatarlar va noaniqliklar bilan bogʻliq istiqbolga oid bayonotlar sifatida tasnifladi.
