Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Boston Celtics bosh murabbiyi Jo Mazzulla NBA muntazam mavsumidagi 250-gʻalabasini qoʻlga kiritib, 11 karra NBA chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi.
Material manbasi · Chronicle

Mazzulla uchun yubiley gʻalabasi Boston Celticsning NBA Kubogi bahsida Washington Wizards ustidan 131:116 hisobida qozongan gʻalabasi boʻldi.
250 ta gʻalabaga yetish uchun murabbiyga 346 ta uchrashuv kerak boʻldi. Bu koʻrsatkich boʻyicha u liga tarixida Fil Jekson bilan ikkinchi oʻrinni boʻlishib oldi.
Rekord Golden State Warriors bosh murabbiyi Stiv Kerrga tegishli — unga bu marraga erishish uchun 302 ta uchrashuv kerak boʻlgan.
