Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

SiyosatYangilandi 25.11.2026, 20:08

Yerevan Moskva bilan munosabatlarni uzmoqchi emas

Armaniston TIV rahbari oʻrinbosari Vaan Kostanyan 3 dekabr kuni Nikol Pashinyan va Vladimir Putin uchrashuvi oldidan Yerevan Moskva bilan aloqalarni uzmoqchi emasligini aytdi.

Material manbasi · Chronicle

Пресс-служба Президента Российской Федерации / Wikimedia Commons

24 noyabr kuni Armaniston jamoat televideniyesi efirida Kostanyan Armaniston tomoni Rossiya bilan munosabatlarni inqiroz darajasiga olib borishni yoki «koʻpriklarni yoqishni» istamasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Yerevan toʻplanib qolgan muammolarni qayta koʻrib chiqib, ikki tomonlama munosabatlarni sogʻlomlashtirish va rivojlantirish niyatida.

Kostanyan Rossiya Armanistonning muhim hamkori boʻlib qolayotganini taʼkidladi. Bayonot 3 dekabr kuni Moskvada Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv munosabati bilan yangradi. TIV rahbari oʻrinbosari muzokaralar hamkorlik ruhida oʻtishiga umid bildirdi.