Tramp rafiqasiga bolalarga yordami va Alyoshkidagi operatsiya uchun minnatdorlik bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melania Trampga bolalarga yordami va boshqa tashabbuslari, jumladan, Alyoshkidagi gumanitar operatsiya uchun minnatdorlik bildirdi.
Material manbasi · Chronicle

24 noyabr kuni Oq uyda u rafiqasi bolalarga yordam dasturi va boshqa tashabbuslari orqali Rossiya hamda Ukrainada koʻplab odamlarga yordam berganini aytdi. Trampning soʻzlariga koʻra, Melania Tramp uning taʼbiri bilan aytganda, «tez orada hech narsa qolmaydigan» joylarda yordam koʻrsatish uchun qisqa muddatli oʻt ochishni toʻxtatishga kelishgan.
