Rossiya universitetlarining magistratura talabalari Oʻzbekistonda stajirovka oʻtaydi
Toshkentga «Rus tili magistrlari» xalqaro loyihasi finalchilari yetib keldi. Rossiya universitetlari talabalari bir oy davomida mashgʻulotlar va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazadi.
Material manbasi · Chronicle

Turli tayyorgarlik darajasiga ega ishtirokchilar uchun rus tilini chet tili sifatida oʻrgatish darslari, suhbat klublari, adabiy seminarlar, interaktiv oʻyinlar va uchrashuvlar tashkil etiladi. «Ajabtovur Rossiya: mamlakatshunoslik va madaniyat» nomli alohida dastur tinglovchilarni Rossiya tarixi, anʼanalari va madaniy merosi bilan tanishtiradi.
Mashgʻulotlar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻtkaziladi. Loyihani Rossotrudnichestvo va N. I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti amalga oshirmoqda. U yosh mutaxassislarni xorijda rus tilini oʻqitishga tayyorlashga qaratilgan.
Stajirovka boʻlajak oʻqituvchilarga xalqaro tajriba orttirish va oʻzbekistonlik hamkasblari bilan bilim almashish imkonini beradi. Shuningdek, u ikki mamlakatning taʼlim sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
