Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

JamiyatYangilandi 25.11.2026, 19:23

Oʻzbekistonda maktabga tayyorgarlik majburiy umumiy oʻrta taʼlimga kiritiladi

Qonunchilik palatasi maktabga bir yillik tayyorgarlikni majburiy umumiy oʻrta taʼlimga kiritish haqidagi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qilib, Senatga yubordi.

Material manbasi · Chronicle

Oʻzbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida» hamda «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini maʼqulladi. Hujjat Senat koʻrib chiqishi uchun yuborildi.

Loyihaga koʻra, maktabga bir yillik tayyorgarlik majburiy umumiy oʻrta taʼlimning boshlangʻich bosqichiga aylanadi. Mashgʻulotlarni maktabgacha taʼlim va umumiy taʼlim muassasalari oʻtkazishi mumkin boʻladi, bolalarga esa bunday tayyorgarlikdan oʻtish huquqi kafolatlanadi. Bu maktabgacha va maktab taʼlimi oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlashi hamda tizimni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishi kutilmoqda.